E&S Yondashuvi
Ekologik va ijtimoiy yondashuv
- Voltalia o’z faoliyatining barcha sohalarida kompaniyaning missiyasi va qadriyatlariga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash va mahalliy rivojlanishga hissa qo’shish bo’yicha yuqori darajadagi ekologik va ijtimoiy ko’rsatkichlarni taqdim etishga intiladi.
- Voltalia Ekvator printsiplari ro’yxatiga kiritilmagan mamlakatlardagi barcha IES loyihalarida eng yaxshi xalqaro tajribalarga, IFC Ishlash Standartlariga muvofiq ekologik va ijtimoiy ko’rsatkichlarni boshqaradi.
- Ushbu majburiyat Voltalia o’z faoliyatining atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirini to’g’ri aniqlashi, baholashi va boshqarishi kerakligini anglatadi. Buni qo’yidagilar orqali amalga oshiradi:
- Atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirni baholash loyiha faoliyati va uning atrofidagi hududni hisobga olgan holda amalga oshirilishini ta’minlaydi.
- Loyihaning manfaatdor tomonlari – mahalliy hamjamiyatlar, milliy va mahalliy hokimiyat organlari, nodavlat va notijorat tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni ta’minlaydi.
- Loyihaga mos keladigan ekologik va ijtimoiy ta’sirlarni boshqaruv chora-tadbirlari ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni imkon qadar darajasini kamaytirish.
- Atrof-muhit va ijtimoiy jihatlar loyihani rejalashtirish va amalga oshirishning har bir bosqichida ko’rib chiqilishi va Voltalia Ekologik va ijtimoiy standartlari va HSES integratsiyalashgan boshqaruv tizimiga muvofiq boshqarilishi kerak.