Tuproqqal’a tumanidagi maktabda loyiha to’g’risida Voltalia jamoasining a’zolari bilan jamoat maslahati o’tkazildi. Ushbu yig’ilishga 40 dan ortiq odam qatnashdi va loyihaning ahamiyati va ta’siri to’g’risida savollar berdi.
PF-101-son Farmonga muvofiq Tuproqqal’a tumanida quvvati 100 MVt bo’lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirish belgilab berilgan.
O’zkazilgan investorlar tanlovlari natijalariga ko’ra Fransiyaning “Voltalia SA” kompaniyasi g’olib deb topilgan va “O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan bitim imzolangan.
Kompaniya vakillari loyihani amalga oshirilish rejalashtirilayotgan Sarimoy mahallasi hududida bo’lib, mahalliy aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda loyihaning amalga oshirish jarayonining atrof muhitga ta’siri va istiqboldagi rejalar borasida ma’lumotlar berildi.
Quyosh energiyasi qayta tiklanadigan energiya manbai bo‘lgan Quyoshdan foydalanadi hamda «ekologik toza», yaʼni zararli chiqindilar chiqarmaydi, atmosfera havosini ifloslantirmaydi, «issiqlik elektr stansiyalari»ga nisbatan suvni ifloslantirmaydi.
Tuproqqal’a hokimligi axborot xizmati